10:30 / 07.12.2017
22492

Ronaldu Chempionlar ligasida yana bir rekord o‘rnatdi

Foto: AFP

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi guruh bosqichining oxirgi turida Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi kechgan va 3:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda urilgan gollardan biriga mualliflik qildi.

Shu tariqa, 32 yoshli bu futbolchi turnirning guruh bosqichidagi barcha 6 uchrashuvda gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

Ronaldu olti uchrashuvda 9 gol urdi. U APOELga 4, «Tottenhem»ga 2 va «Borussiya»ga 3 gol urgan.

Bundan tashqari, Ronalduning joriy kalendar yilida YeChL o‘yinlarida urgan gollari soni 19taga yetdi.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top