Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytug‘ shahrida Makro supermarketining ochilishi bo‘lib o‘tdi
Foto: Makro
Bugun, 2017 yil 8 dekabr kuni Izboskan tumani (Andijon viloyati), Poytug‘ shahrida Makro supermarketlari tarmog‘ining navbatdagi do‘koni ochildi.
Mazkur zamonaviy supermarket shahar aholisiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan chinakam sovg‘a bo‘ldi.
Savdo do‘konida iste'molchilarga keng turdagi mahsulotlar hamyonbop narxlarda taqdim etiladi. Bugungi ochilish marosimi munosabati bilan baliq, yog‘, guruch kabi ko‘plab mahsulotlar maxsus chegirmalar bilan sotilmoqda.
Makro supermarketlari tarmog‘ining asosiy vazifasi - tovarlarni aholiga yanada arzon narxlarda, qulay tarzda yetkazib berishdir.
O‘zbekiston aholisi istalgan vaqtda zamonaviy, yuqori sifatli tovar va xizmatlardan foydalana olishi uchun Makro o‘z savdo tarmoqlarini yanada kengaytirishda davom etadi.
Yangi savdo do‘koniga barchani taklif etamiz!
Manzil: Andijon viloyati, Izboskan tumani, Poytug‘ shahri, Naqshband ko‘chasi, 5 uy
Mo‘ljal: Poytug‘ madaniyat bog‘i ro‘parasida.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
13:53 / 19.06.2025
Magnum O‘zbekistonni tark etadi
13:37 / 03.03.2025
Baraka market tarmog‘i Pepsi egaligiga o‘tadi
13:48 / 18.12.2024
Pokiston supermarketlarida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotiladi
00:26 / 24.09.2024