18:11 / 09.12.2017
13676

2018 model yilining eng xavfsiz avtomobillari ma'lum qilindi

BMW 5-Series, Genesis G80, Toyota Camry avtomobillari 2018 model yilining eng xavfsiz mashinalari deb topildi. Tegishli reytingni Insurance Institute for Highway Safety tashkiloti mutaxassislari tuzishgan.

Ta'kidlanishicha, BMW’ga 1-o‘rin barcha yo‘lovchilar va bolalarni ishonchli himoyalay olishi uchun berilgan. 2-o‘rin Genesis G80’ga ro‘parama-ro‘para to‘qnashuvdan ogohlantirish tizimi va mustahkam kuzovi uchun berilgan. Toyota Camry esa yangi Toyota Safety Sense xavfsizlik tizimi uchun 3-o‘ringa munosib deb topilgan. 

Foto: Bmw.ru, toyota.ru, genesis.com.

Ma'lum qilinishicha, mutaxassislar reytingni tuzishda krash-testlar natijalariga tayanishgan. 

Shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan Mercedes-Benz GLC va E-sinfidagi Mercedes-Benz, Subaru Impreza, Subaru Outback, KIA Soul, KIA Cerato va Hyundai Santa Fe Sport modellari o‘rin olgan.

Avtomobil reytingga kirishi uchun ma'lum talablarga javob berishi kerak bo‘lgan. Jumladan, u ishonchli bosh suyagichlar, mustahkam tom, frontal to‘qnashuvlarning oldini olish tizimiga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan.

Top