Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu katta miqdorda jarima to‘lashi mumkin
Ispaniya soliq xizmati «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagani bo‘yicha ayblovlar berishda davom etmoqda. Bu haqda As nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 22 dekabr kuni Posuelo shahrida navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda 32 yoshli portugaliyalik futbolchining 2011 yildan 2014 yilga qadar bo‘lgan davrda 14,8 million yevro miqdoridagi soliqlarni yashirgani bo‘yicha ish ko‘riladi.
Agar Ronalduning aybi isbotlansa, u Ispaniya xazinasiga kamida 30 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Bu summa ichiga 14,8 million yevro soliq, jarima va qo‘shimcha foizlar qo‘shiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida «Barselona» hujumchisi Lionel Messi ham xuddi shunday muammo sabab 30 million yevro to‘lashga majbur bo‘lgandi.
Mavzuga oid
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
20:17 / 19.11.2025
Ronaldu Oq uyda mehmon bo‘ldi
22:26 / 16.10.2025
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi
11:32 / 12.10.2025