08:30 / 10.12.2017
10961

«Valensiya» yana g‘alaba qozondi va «Barselona» bilan farqni qisqartirdi

«Valensiya» Ispaniya Primerasining 15-turi doirasida «Selta»ni qabul qildi.«Mestalya»da kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning birinchi bo‘limi vaqtida Simone Dzadza hisobni ochgandi. Ikkinchi bo‘lim boshida Yago Aspas javob golini urdi. 81-daqiqada Daniel Parexo penaltidan unumli foydalanib, jamoaga g‘alaba keltirdi.

Endilikda «Valensiya» ochkolari sonini 34taga yetkazdi va Primera turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa joylashdi. Valensiyaliklar «Barselona» bilan oradagi farqni 2tagacha qisqartirgan. «Selta» 18 ochko bilan 10-pog‘onada qolmoqda.

Tur doirasidagi boshqa uchrashuvlarda «Deportivo» «Leganes»ni mag‘lub etdi, «Xetafe» va «Eybar» uchrashuvida g‘olib aniqlanmadi. 

Ispaniya chempionati
15-tur

Valensiya – Selta 2:1
(1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 28 Dzadza, 1:1 – 46 Aspas, 2:1 – 81, penalti Parexo.
Valensiya – Neto, Montoyya, Gabriel, Ruben Vezu, Gayya, Soler (Nacho Xil, 61), Parexo, Kondogbia, Pereyra (Maksimovich, 89), Dzadza, Rodrigo (Santi Mina, 66).
Selta – Blanko, Malo, Kabral (Gvidetti, 84), Fontas, Kastro, Vass, Lobotka, Ernandes, Sisto (Mor, 82), Aspas, Maksi Gomes.
Ogohlantirishlar: Dzadza (58), Gayya (60), Maksi Gomes (70), Malo (81), Aspas (85), Fontas (86), Ernandes (90), Vass (90).

Deportivo – Leganes 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 24 Adrian.
Deportivo – Martines, Xuanfran, Sher, Sidney, Navarro, Gilerme, Borxes, Xil (Valverde, 87), Cholak (Moskera, 90), Adrian (Bakkali, 83), Peres.
Leganes – Kuelyar, Tito, Bustinsa, Raul Garsiya, Riko, El-Jar (Naranxo, 69), Peres (Gumbau, 46), Pires, Shimanovski (Amrabat, 53), Eraso, Bovyu.
Ogohlantirishlar: Sher (27), Peres (39), Borxes (48), Gilerme (53), Gumbau (61), Bovyu (89), Pires (90), Navarro (90).

Xetafe – Eybar 0:0 (0:0, 0:0)
Xetafe – Guaita, Suares, Dakonam, Kala, Antunesh, Portilo (Sibasaki, 74), Bergara (Lasen, 66), Fajr, Dediu (Pacheko, 82), Molina, Anxel.
Eybar – Dmitrovich, Kapa (Penya, 78), Paulu Oliveyra, Arbilya, Xose Anxel, Ivan Alexo (Eskalante, 89), Jordan, Dani Garsiya, Inui (Bebe, 63), Kike, Enrik.
Ogohlantirishlar: Inui (49), Dani Garsiya (81), Ivan Alexo (84), Sibasaki (88), Enrik (90).

Mavzuga oid
Top