13:40 / 13.12.2017
9514

«Garet va Karim xuddi men kabi hujumchilar» - Ronaldu

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu, matbuotda BBC iborasi bilan mashhur bo‘lgan hujumchilar uchligi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Keyingi vaqtlarda ushbu uchlik juda kam o‘yinlarda birga harakat qilmoqda. Benzema va Beyl tez-tez jarohat oldi, Ronaldu esa ma'lum bir vaqtni diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yubordi.

«Menga to‘liq tarkibda bo‘lishimiz yoqadi. Beyl va Benzema sog‘ayib ketishini istayman. Bundan tashqari, jamoadoshlarimdan hech kim jarohat olishini xohlamayman. 

BBC uchligi yana birga harakat qilsa, zo‘r bo‘lardi. Biz birgalikda ko‘p narsaga qodirmiz.

Garet va Karim – xuddi men kabi hujumchilardir. Bizning jamoada yarim himoya va himoyada ham muhim bo‘lgan futbolchilar bor. Ular ham klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zlarini ko‘rsatishi mumkin. Bu o‘yinlarda «BBC» uchligi harakatlansa ajoyib bo‘lardi», - deya portugaliyalik so‘zlarini keltirgan AS nashri.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati BAAda bo‘lib o‘tmoqda. Madrid jamoasining yarim finaldagi raqibi mezbon jamoa «Al-Jazira»dir. Ikkinchi yarim finalda Braziliyaning «Gremio» klubi Meksikaning «Pachuka» klubini yengib, finalga chiqqan.

Mavzuga oid
Top