08:27 / 14.12.2017
9389

Toshkentda talonchilik fosh etildi 

Foto: Hvylya.net

2017 yilning 3 noyabr kuni taxminan soat 16.00 larda noma'lum shaxs, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek tumani hududida, fuqaro A.F.ning sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, unga tegishli bahosi 120 AQSh dollari bo‘lgan zanjirini egallab olgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonchilik, ya'ni sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan D.G. sodir etganligi aniqlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Top