09:40 / 15.12.2017
16076
Reklama

Turkiya. Tibbiyotdagi haqiqiy tajriba

Foto: Turkiya Tibbiy Sayyohlik Uyushmasi

Xorijda davolanish – O‘zbekiston uchun yangi tushuncha, biroq bu uzoq vaqtlardan buyon dunyo miqyosida keng qo‘llanilib kelinadi. Shu tariqa ikki soha - sog‘liqni saqlash va sayyohlik bir nuqtada birlashgan. Mazkur birlikning maqsadi – turli xildagi kasallikka chalingan bemorlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish, davolanish yoki reabilitatsiya uchun ham xarajatlari, ham sifati jihatidan mos keladigan munosib klinikani mamlakat ichida yoki xorijda topish uchun yordam berishdir. Bundan tashqari, bemor va uni olib yuruvchi shaxslarga davolanish vaqtida ham xuddi safardagidek kabi eng yuqori darajadagi qulayliklarni ta'minlash imkoni paydo bo‘ldi.

Bugungi kunda, davolanish uchun xorijga borish O‘zbekistonda shakllanish bosqichida bo‘lib, mazkur sohada allaqachon yutuqlarga erishgan va rivojlanishda ilg‘orlab ketgan boshqa mamlakatlarning tajribalarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Misol uchun uzoqqa borish shart emas. Ko‘pchilik uchun sir emaski, Turkiya bugungi kunda tibbiy turizm bo‘yicha dunyo markazlaridan biri hisoblanadi.

Rivojlangan mamlakatlarda davolanish xarajatlarining oshirilishi bemorlardan yangi g‘oyalarning paydo bo‘lishiga olib keldi: arzon narxlarda yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish sayyohlik xizmatining qo‘shimcha afzalliklari bilan birlashtirildi.

Mazkur g‘oyalardan Turkiya davlati muvaffaqiyatli foydalana oldi va so‘nggi o‘n yil ichida hukumat hamda xususiy sarmoyadorlarning ko‘magi ostida g‘arb tibbiyotining eng yaxshi yutuq va tajribasidan foydalangan holda, ayni vaqtda moliyaviy jihatdan arzon bo‘lgan innovatsion, yuqori texnologiyali tibbiyot sanoati tashkil etildi. Bundan tashqari, Turkiyada sayyohlik infratuzilmasi juda ham ilg‘or rivojlangan bo‘lib, xorijiy bemorlar uchun sayohat qilish va mamlakatga kelishda yengillik yaratadi.

2005 yilda xalqaro tibbiy turizmni rivojlantirish va xorijiy bemorlarga ko‘mak sifatida Turkiya tibbiy sayyohlik uyushmasi (TTSU) tashkil etilgan. Bugungi kunda TTSU sog‘liqni saqlash sohasidagi yirik uyushma bo‘lib, u nafaqat Turkiyadagi, balki dunyodagi 375ta a'zolari, xususan davlat kasalxonalari, xususiy klinikalar, termal va tibbiy SPA markazlari, mehmonxonalar, sayyohlik agentliklari, sog‘lomlashtirish majmualari, yordamchi kompaniyalar, shuningdek dunyoning 90 ta mamlakatidagi 161 ta vakolatxonalari tarmog‘ini o‘z ichiga oladi.

Rivojlangan infratuzilma va tibbiy xizmatning sifati va xarajatining noyob munosabatlari tufayli har yili Turkiya davlatiga ko‘rikdan o‘tish va davolanish uchun butun dunyodan 1 millionga yaqin odam tashrif buyuradi. Va bu, hayratlanarli holat emas, sababi Turkiya tibbiyot sohasi bo‘yicha Yevropa va dunyoning boshqa yetakchi mamlakatlari bilan bir xil darajada rivojlangan. Ko‘pgina shifokorlar Germaniya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida ko‘p yillik tajribaga ega. Shu bilan birga, Turkiyada tibbiy xizmatlar haqi G‘arbiy Yevropa, Amerika va Isroilga nisbatan arzonroq.

Foto: Turkiya Tibbiy Sayyohlik Uyushmasi

Turkiyaning yaxshi klinikalari bemorlar uchun tibbiy xizmatlarning eng yuqori xalqaro standartlariga muvofiq - JCI va TEMOS International bilan sertifikatlangan.

TTSU klinikalarni tanlashga yordam berish barobarida, xorijiy bemorlarga quyidagi qo‘shimcha imtiyozlarga ham kafolat beradi:

- Turkiyada mehmonxonada istiqomat qilish uchun 50% chegirma

- Tibbiyotga oid hujjatlarni bepul tarjima qilish

- Aeroportdan klinikaga borish uchun bepul transport

- Bepul tarjimon taqdim etish

To‘g‘ri va o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, yuqori sifatli davolanish, xavfsiz manzilga yetkazib qo‘yish, manzilga qulay yetib olish, asoratlar xavfini kamaytirish va shaffof tekshiruv – jiddiy kasallikka chalingan va tuzalishga hamda kelgusida to‘laqonli hayot kechirishga umid bildirgan har bir bemor uchun zarurdir.

Batafsil ma'lumot olish uchun Turkiya Tibbiy Sayyohlik Uyushmasining O‘zbekistondagi vakili bilan quyidagi raqamlar orqali bog‘laning: +99894 629-55-39; +99890 9569979; +99871 1504208

Qo‘shimcha ma'lumot uchun: e-mail: uzbekistan@thtdc.org  yoki https://ru-ru.map2heal.com/ sayti.

Reklama huquqi asosida

Top