Chililiklar kimni tanlaydi: prezidentlik saylovi boshlanmoqda
Dunyoda mis ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lgan chililiklar bugun, 17 dekabr prezidentlik saylovida qatnashadi. Xalq hukumatni markaz-so‘l siyosatchilariga qoldiradimi yoki o‘ng qo‘l vakillariga ergashib, Lotin Amerika davlatlari bilan yaqinlashuvni his etadimi, bularning barchasi tez orada ma'lum bo‘ladi.
Sobiq prezident, 68 yoshli milliarder Sebastyan Pinera birinchi davra saylov natijalariga ko‘ra, asosiy nomzodlardan biri sifatida qayd etilgan bo‘lsa ham, qisman kam miqdordagi ovozlarni to‘plagandi. Mustaqil siyosatchi, 64 yoshli jurnalist Alexandro Rene Giler esa markaz-so‘l qanot vakillari tomonidan tavsiya etilgan.
Ikkala nomzod ham Chili iqtisodiyotida bozor qoidalarini qat'iy joriy etish, ma'muriy buyruqbozlikni tugatish bo‘yicha va'dalarni e'lon qilgan. Lekin, Pinera tadbirkorlarni giperfaollikka chaqirib, prezident etib saylansa, joriy etilgan soliqlar tariflarini kamaytirishini aytgan. Uning siyosiy raqibi Giler esa amaldagi prezident Mishel Bacheletning ta'lim va mehnat resurslari tizimidagi islohotlarini qattiq tanqid qilgan.
Mavzuga oid
10:19 / 25.04.2024
Chilining O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
18:48 / 07.02.2024
Milliarder va Chili sobiq prezidenti Sebastyan Pinera vertolyot halokatida vafot etdi
21:02 / 04.02.2024
Chilida halokatli o‘rmon yong‘inlari. Qurbonlar soni 100 dan oshgan
13:06 / 16.02.2023