12:15 / 18.12.2017
15051

Saakashvili Poroshenkoga yuborgan maktubida nima yozilganini aytdi

Foto: Global Look Press

Odessa oblasti sobiq gubernatori, Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili qamoqdan ozod etilganidan so‘ng, Ukraina yetakchisi Pyotr Poroshenkoga maktub yuborganini tasdiqladi. Bu haqda u ZIK telekanali efirida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u «odatda, g‘oliblar, o‘zining haq ekaniga ishonuvchi kishilar qiladigan narsani amalga oshirgan».

«Men unga shunday dedim: «Siz meni noto‘g‘ri ravishda aybladingiz. Siz meni rus agenti, deb aytish haqorat ekanini bilardingiz. Menga prezident bir necha kundan so‘ng uchrashishga tayyor ekanini aytishdi. Biroq men shunday dedim: «Yo‘q, bu to‘g‘ri kelmaydi. Men qayergadir orqa eshiklardan kiradigan odam emasman», - deya ma'lum qilgan Saakashvili.

Siyosatchining qo‘shimcha qilishicha, Poroshenko bilan korrupsiya sxemalarini to‘xtatish va ularga aloqador bo‘lgan barchani hokimiyat tepasidan chetlashtirish bo‘yicha muloqotni yo‘l qo‘yish juda muhim, deb hisoblaydi.

«Ular o‘margan narsalarini qaytarishlari kerak, biroq o‘tish tinch yo‘l bilan kechishi lozim. Mamlakatda ikki yil vaqt yo‘q», - deya ma'lum qildi Saakashvili.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mixail Saakashvili o‘z tarafdorlari tomonidan moliyaviy yordam taqdim etilishiga ehtiyoji borligi haqida ma'lum qilgandi.

Top