19:10 / 21.12.2017
6454

Air Manas Bishkek va Toshkent o‘rtasida aviareyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

Foto: jetphotos.com

Qirg‘izistonning Air Manas aviakompaniyasi Bishkek-Toshkent- Bishkek yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni amalga oshirishni boshlaydi.

Aviakompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, reyslar 23 dekabrdan boshlab 2018 yil 24 martigacha haftasiga 2 marta: chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.    

Chiptalar narxi 100 dollardan boshlanadi.

Bishkekdan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 12:30 da parvoz qiladi va Toshkentda mahalliy vaqt bilan soat 12:30da qo‘nadi.

Samolyot Bishkekka soat 16:05da qaytadi.

Top