Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh KXDRga hujum rejasini tayyorlamoqda – OAV
Foto: KCNA/Kugeuky
AQSh KXDRga harbiy hujum qilish rejasini ishlab chiqmoqda, bu uni yadroviy dasturni to‘xtatishiga majburlash maqsadida kerak bo‘ladi, deb xabar bermoqda The Telegraph o‘z manbalariga asoslangan holda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Oq uy so‘nggi oylar ichida KXDR bilan vaziyatga harbiy yechim topishga tayyorgarlikni «keskin» faollashtirdi, bu diplomatiya ish bermayotgani fonidagi xavotirlar tufayli ro‘y berdi.
AQSh ko‘rib chiqayotgan variantlar orasida Shimoliy Koreyadagi raketalar uchirish joyini, yangi ballistik raketa sinovi amalga oshirilishidan avval yo‘q qilish ham bor. Shuningdek KXDRning qurol-yarog‘ omborlari ehtimoliy nishon sifatida ko‘rib chiqilmoqda.
AQShning umid qilishicha, harbiy kuchning qo‘llanilishi «Kim Chen Inga Amerika KXDR yadro dasturini rivojlantirishdan to‘xtashi va muzokaralarda ishtirok etishiga erishish uchun qat'iy bel bog‘laganini ko‘rsatib qo‘yadi».
«Pentagon shunday variantlarni topishga harakat qilmoqdaki, ular shimoliy koreyaliklarning burniga zarba berish hamda ularning e'tiborini o‘ziga qaratish imkoniyatini taqdim etishi kerak», - deya xabar berdi manbalardan biri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR biologik qurol bo‘yicha bayonot bergani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:50 / 15.02.2026
AQSh Hind okeanida yana bir tankerni ushladi
23:35 / 14.02.2026
“Trampdan 2028 yilda aniq qutulamiz” – Myunxenda AQShning siyosati keskin tanqid qilindi
15:28 / 14.02.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
12:44 / 14.02.2026