15:23 / 21.12.2017
27061

Milliy xavfsizlik xizmati valyutafurushlarga qarshi reydlar o‘tkazdi

Foto: KUN.UZ

Milliy xavfsizlik xizmati noqonuniy valyutafurushlarga qarshi kurash bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda, ular nafaqat oddiy fuqarolarni aldashmoqda, balki mamlakat iqtisodiyotiga ham zarar yetkazishmoqda. So‘nggi yarim yil davomida o‘nlab valyutafurushlar jazosini oldi.

Kuni kecha MXX tezkor xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan birgalikda Buxoro, Andijon va Toshkent viloyatlarida bir necha valyutafurushlarni qo‘lga oldilar.

"Buxoroda Ravshan Sharipov va To‘xtasin Ro‘ziyev xaridorga 70 million so‘mga 8610 dollarni sotish chog‘ida jinoyat ustida qo‘lga olindi. Ulardan hammasi bo‘lib 10762 dollar, shuning 11,1 million so‘m ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi", - deya ta'kidlab o‘tdi huquqni muhofaza qilish idorasi vakili.

Bundan tashqari, Andijonda Rahmatullo Ramazonov 55,6 million so‘mga 6800 dollarni sotish chog‘ida ushlandi. U o‘z uyida valyutaning noqonuniy oldi-sotdisi bilan doimiy asosda shug‘ullangan.

Toshkent viloyati Olmaliq tumanida ham valyutafurushlarga qarshi maxsus amaliyot o‘tkazildi. Huquqni muhofaza qilish organlari vakillari Jamoliddin Sattorov va Muzaffar Rasulovni 24,6 million so‘mga 3 ming dollarni sotishayotgan vaqtida qo‘lga oldilar.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atdi.

Top