22:36 / 21.12.2017
34621

Nemis sayti O‘zbekiston klublari transferlari qiymatini ma'lum qildi  

Foto:Tribuna.uz

Transfermarkt.de sport sayti O‘zbekiston futbol klublari taxminiy transferlar qiymatini hisoblab chiqdi. 

Ro‘yxatda «Paxtakor» yetakchilik qilmoqda. Klub futbolchilarining jami transfer qiymati 11,9 mln yevroga baholangan. Marko Simich va Igor Sergeyev (1 mln 800 ming yevrodan) klubning eng qimmatbaho o‘yinchilari deb topildi. 

2-o‘rinni O‘zbekiston chempioni «Lokomotiv» klubi egallamoqda. «Temiryo‘lchilar»ning jami transfer qiymati 11,48 mln yevroga baholangan. 

Yilning eng yaxshi futbolchisi unvonini olgan, «Lokomotiv»  hujumchisi Marat Bikmayev o‘z klubining eng qimmatbaho o‘yinchisi deb topildi. Uning transfer qiymati 1 mln 200 ming yevroni tashkil qilgan. 

Yetakchi uchlikni Qarshining «Nasaf»i tugatmoqda. Klub futbolchilarining jami transfer qiymati 7,88 mln yevroga baholangan. Klubning eng qimmat o‘yinchisi sifatida Dragan Cheran e'tirof etilgan — 1 mln yevro.

O‘zbekiston klublarining umumiy transferlari qiymati esa 79,60 mln yevroni tashkil qilgan.
 

Foto: sports.uz
Top