Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda teraktlarda ayblanayotgan shaxs mahbuslar orasida terrorizmni targ‘ib qilgan
Foto: Daily Mail
2016 yilning sentabrida Nyu-York va Nyu-Jyersida teraktlar amalga oshirganlikda ayblanayotgan Ahmad Rahimiy qamoqxonada o‘zi bilan birga bo‘lgan mahbuslar orasida terrorizm targ‘ibotini olib borgan.
Bu haqda CNN telekanali prokuraturaga tayangan holda xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, u terrorchilik targ‘ibotiga ega materiallar, jumladan «Al-Qoida» terrorchilik guruhi rahbari Osama bin Lodinning chiqishlari hamda bombalarni tayyorlash bo‘yicha qo‘llanmalar nusxalarini tarqatib kelgan.
«Rahimiy Metropolitan axloq tuzatish markazidagi mahbuslarni radikallashtirishga harakat qilgan, jumladan bunga terrorchilik tashkilotlari materiallarini tarqatish yo‘li bilan erishmoqchi bo‘lgan», - deya ma'lum qildi prokuror.
Telekompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchilik materiallariga ega disklar ikki nafar mahbusdan topilgan.
Mavzuga oid
22:02 / 01.01.2026
Putin qarorgohiga hujum: Rossiya Mudofaa vazirligi dalillarni qo‘lga kiritganini da’vo qildi
18:53 / 01.01.2026
Dunyoning eng yirik investori Uorren Baffet lavozimini tark etadi
17:43 / 01.01.2026
MRB Trampga: Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinmagan – OAV
03:54 / 01.01.2026