Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 100 mln so‘mlik pirotexnika vositalari ushlandi
O‘zbekistonda yangi yil bayrami yaqinlashgani sayin pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosi kuzatila boshlaydi. Ayrim tadbirkorlar, daromad topish ilinjida respublika hududiga taqiqlangan mahsulotlarni olib kirish va sotish bilan shug‘ullanishga intilishadi.
Toshkent viloyati IIBning KUN.UZ’ga ma'lum qilishicha, viloyat ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari 11 turdagi 800 donadan ortiq pirotexnika vositalarini aniqlab, musodara qilishgan.
Yangiyo‘l shahrida o‘tkazilgan tadbirda 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro F.N. pirotexnika vositalari bilan savdo qilayotganligi aniqlanib, uning yonidan 900 ming so‘mlik pirotexnika mahsulotlari olindi. Shuningdek, 1983 yilda tug‘ilgan G.S. ham pirotexnika vositalarini mo‘may daromad evaziga pullash payida bo‘lib turgan paytida ichki ishlar organlarining tezkor xodimlari tomonidan fosh etilib, 7 million so‘mlik pirotexnika vositalari rasmiylashtirib olindi.
Surishtiruvlar natijasida ushbu fuqarolar pirotexnika mahsulotlarini Zangiota tumani hududidagi omborxonadan sotib olganligi aniqlandi. Omborxona xolislar ishtirokida tekshirilganda A.B.ga tegishli konteynerdan ko‘p miqdordagi pirotexnika vositalari yangi yil bayrami arafasida sotish maqsadida saqlab kelinayotganligi ma'lum bo‘ldi.
Yangiyo‘l shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari Jamshid Rahmatovning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkordan olib qo‘yilgan noqonuniy mollar miqdori 100 mln so‘mdan ortiqni tashkil etadi.
Mavzuga oid
11:46 / 26.01.2026
Toshkent viloyatida yirik miqdorda narkotiklar musodara qilindi
11:31 / 20.01.2026
Bo‘stonliqda Li9 yo‘lning xandaq qismiga tushib ketdi
19:01 / 18.01.2026
Toshkent viloyatidagi uylardan tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan 17,5 tonna qum va toshlar topildi
17:41 / 17.01.2026