Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buloqboshi tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bugun, 28 dekabr kuni Andijon viloyati, Buloqboshi tumani hokimligida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Foto: Kun.uz
Yig‘ilishda Oliy Majlis Senati a'zosi, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, O‘tkirbek Komiljonovich Mamurov tumanning yangi hokimi etib tanishtirildi.
Foto: Kun.uz
U yangi lavozimda bir kun oldin Ulug‘nor hokimi lavozimiga o‘tkazilgan Doniyor Maxsudov o‘rnida ish boshlaydi.
O‘tkirbek Mamurov 1973 yilda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda K.Timiryazev nomli Moskva qishloq xo‘jalik akademiyasini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - olim-agronom-agroximik-tuproqshunos. U 2014 yildan shu vaqtga qadar Andijon viloyati G‘o‘za urug‘chiligi birlashmasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
21:37 / 13.12.2025
Andijonda 80ta yangi avlod elektrobuslari aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi
14:39 / 09.12.2025
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
08:30 / 07.12.2025
Somsaxonalarda reyd, inversiyaning tugashi va mundialdagi raqiblar - hafta dayjesti
19:38 / 04.12.2025