Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chavandoz otdan yiqilgan raqibiga yordam berishga oshiqdi (video)
Buyuk Britaniyaning Ueterbisida tashkillashtirilgan otlardagi poyga vaqtida poygachi-chavandoz Denni Kukning oti to‘siqqa tegib ketdi hamda yiqildi. Uning ortidan kelayotgan raqibi Ross Tyorner ham xuddi shunday holatga uchradi.
Biroq Tyorner agarda o‘z otidan tushib ketgan bo‘lsa, Kuk oyog‘i bilan ilakishdi hamda boshi bilan pastga qarab osilib qoldi. Shu paytda Tyorner raqibining yoniga yugurib keldi va unga yordam ko‘rsatishga harakat qildi. Yiqilish oqibatida jiddiy jarohatlar olinmagan.
Musobaqa tashkilotchilari, shuningdek tomoshabinlar ham Tyornerning haqiqiy professionallarga xos bo‘lgan xatti-harakatini alohida ta'kidlashdi va unga minnatdorlik bildirishdi. Rolik Buyuk Britaniyadagi poygalarning rasmiy sahifasida e'lon qilindi hamda tezda mashhur bo‘lib ketdi.
Mavzuga oid
10:53 / 24.12.2025
Greta Tunberg Londonda Falastinga bag‘ishlangan aksiyada qo‘lga olindi
18:13 / 19.12.2025
Britaniya «Rossiya bilan aloqalari tufayli» O‘zbekistonning 4 ta kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi
22:28 / 17.12.2025
Britaniya Abramovichdan «Chelsi»ni sotishdan olgan daromadini Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirishni talab qildi
12:08 / 17.12.2025