12:23 / 28.12.2017
55149
Reklama

Endilikda PAYNET xizmatlari sizning uyali telefoningizda

Foto: UZPAYNET

UZPAYNET Kompaniyasi o‘zining «PAYNET.UZ» nomli Android va iOS dasturiy tizimlarida ishlash uchun mo‘ljallangan to‘lov xizmatlari sohasidagi innovatsion mobil ilovasini ishga tushirmoqda.

UZPAYNET kompaniyasi respublikamiz aholisiga 10 yildan ortiq vaqt mobaynida «PAYNET» to‘lov shoxobchalari orqali mobil aloqa, uy telefoni, internet, raqamli televideniye, IP-telefoniya, kommunal va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni qabul qilish xizmatini ko‘rsatib kelmoqda.

Kompaniya kirib kelayotgan yangi 2018 yil arafasida aholiga to‘lovlarni amalga oshirishda qulayliklarni kengaytirish maqsadida «PAYNET.UZ» nomli Android va iOS dasturiy tizimlari uchun mo‘ljallangan mobil ilovani taqdim etmoqda.

Hozirda, «PAYNET.UZ» mobil ilovasi orqali mijozlar o‘z bank kartalari hisobidan yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisoblarini to‘ldirish imkoniyati yaratildi. «PAYNET.UZ» mobil ilovasi Android dasturiy tizimida ishlovchi smartfonlar uchun yuklab olinishi mumkin. Ushbu mobil ilova iOS dasturiy tizimi uchun tez kunlarda App store ilovalar ro‘yxatiga kiritiladi.   

Shuningdek, UZPAYNET kompaniyasi yaqin kunlarda «PAYNET.UZ» mobil ilovasida mijozlar uchun boshqa bank kartalariga mablag‘larni qulay narxlarda o‘tkazish, bank kartasi orqali amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha batafsil ma'lumotlarni onlayn tarzda ko‘rish, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida, internet savdo platformalarida maxsus QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirish va boshqa bir qator qulayliklar yaratilishini ma'lum qiladi.

Bundan tashqari, kompaniya 2018 yil davomida keng tarqalgan xorijiy to‘lov tizimlari bilan hamkorlikda, inovatsion texnologiyalarga tayangan holda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirishni o‘ziga maqsad qilib qo‘ymoqda.

Shuning bilan birgalikda, UZPAYNET kompaniyasi Sizlarni va yaqinlaringizni kirib kelayotgan Yangi 2018 yil bilan chin dildan tabriklaydi!

Kirib kelayotgan yil Sizlar uchun omadli va samarali, yangi yutuqlar va imkoniyatlar, yorqin voqealarga va saxovatli ishlarga boy yil bo‘lishiga tilakdoshmiz.

Sizlarga samimiyat bilan tinchlik-xotirjamlik, barqarorlik va eng yaxshi tilaklaringiz ro‘yobga chiqishini tilaymiz. Barcha amallaringizda omad va muvaffaqiyat hamroh bo‘lsin! Yangi yilda Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik va baxt tilaymiz!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top