22:30 / 30.12.2017
14622

«Chelsi»da yirik, «Liverpul»da irodali g‘alaba va turning boshqa natijalari

Angliya chempionatida 21-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. 

«Chelsi» bu turda «Stok Siti» ustidan g‘alabaga erishdi. Londondagi «Stemford Brij» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Villianning penaltidan urgan goli o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi, u o‘yin davomida gol urishdan tashqari Antonio Ryudiger va Pedro Rodrigesga golli uzatmani amalga oshirdi. Yana ikki gol Deniyel Drinkuoter va Davide Dzappakosta hisobiga yozildi.

Bu yirik g‘alabadan keyin «Chelsi» ochkolari sonini 45taga yetkazib, turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Hali 21-tur uchrashuvni o‘tkazmagan «MYu» 43 ochko bilan uchinchi o‘ringa tushib qoldi. «Stok Siti» 20 ochko bilan 14-pog‘onada qolmoqda.

«Liverpul» «Lester Siti»ga qarshi o‘ynadi. Liverpuldagi «Enfild» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yin boshida «Liverpul» futbolchilarining maydon markazidagi xatosi mehmonlarning qarshi hujumdagi goli bilan yakunlandi: Riyoz Mahrez Jyeymi Vardini golli pozitsiyaga chiqardi. Ikkinchi bo‘lim boshida Sadio Mane Muhammad Salohni qulay vaziyatga olib chiqdi va misrlik futbolchi hisobni tenglashtirdi. 76-daqiqada Saloh Jyeyms Milnerning pasidan keyin raqib jarima maydoniga kirib keldi va darvozani ishg‘ol qildi - 2:1.

Yurgen Klopp shogirdlari bu irodali g‘alabadan keiyn 41 ochko bilan turnir jadvalining 4-pog‘onasida, «Lester Siti» 27 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda joylashgan.

«Uotford» esa «Suonsi Siti» qabul qildi va o‘yin davomida oldinda borib, oxirgi 10 daqiqalikda ikki gol o‘tkazib yuborgan holda mag‘lubiyatga uchradi- 1:2). Qayd etish kerakki, «Suonsi Siti» Karlush Karvalyal boshqaruvidagi ilk uchrashuvdayoq noxush seriyasini yakunlab, g‘alabaga erishdi.

«Bornmut» «Everton»ning mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi - 2:1. Sem Ellardays jamoa boshqaruviga kelganidan keyin liverpulliklar jamoasi 7 uchrashuvda 4 g‘alaba va 3 durang qayd etgandi.

«Haddersfild Taun» - «Byornli» (0:0) va «Nyukasl Yunayted» - «Brayton end Xouv Albion» (0:0) uchrashuvlarida hisob ochilmasdan qoldi.

Angliya chempionati
21-tur

Chelsi – Stok Siti 5:0
Gollar: 1:0 – 3 Ryudiger, 2:0 – 9 Drinkuoter, 3:0 – 23 Pedro, 4:0 – 73, penalti Villian, 5:0 – 88 Dzappakosta.
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Keyxill, Ryudiger, Mozes (Dzappakosta, 57), Villian, Drinkuoter, Pedro, Kante (Bakayoko, 65), Alonso, Morata (Batshuayi, 71).
Stok Siti – Batlend, Kemeron, Taymon, Edvards, Vimmer, Fletcher, Adam (Shupo-Moting, 81), Afellay (Ngoy, 71), Sobxi, Beraxino, Diuf.
Ogohlantirishlar: Diuf (27), Pedro (52).

Liverpul – Lester 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 3 Vardi, 1:1 – 52 Saloh 2:1 – 76 Saloh .
Liverpul – Karius, Matip, Lovren, Gomes, Robertson, Firmino, Jan, Mane (Oksleyd-Chemberlen, 72), Milner, Saloh (Veynaldum, 83), Koutino (Klavan, 89).
Lester – Shmeyxel, Morgan, Fuks, Maguayr, Amarti, Grey, Olbrayton (Djyeyms, 83), Iborra, Ndidi, Marez (Okadzaki, 73), Vardi (Slimani, 74).
Ogohlantirishlar: Milner (8), Maguayr (53), Djan (53), Ndidi (62), Robertson (90).

Uotford – Suonsi 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 11 Karrilo, 1:1 – 86 Ayyu, 1:2 – 90 Narsinx.
Uotford – Gomes, Vage (Predl, 64), Zegelar, Yanmat, Kabasele, Uotson, Kleverli, Karrilo (Pereyra, 83), Dukure, Risharlison, Okaka Chuka (Grey, 77).
Suonsi – Fabianski, Fernandes, Olsson, Noton, Mouson, Kerroll, Mesa (Narsinx, 46), Sanshesh, Klukas (Dayyer, 81), Abraxam (Makberni, 57), Ayyu.
Ogohlantirishlar: Fernandes (3), Karrilo (30), Kerroll (34), Dukure (80), Predl (82), Zegelar (89).
 
Bornmut – Everton 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 33 Freyzer, 1:1 – 57 Guyye, 2:1 – 88 Freyzer.
Bornmut – Begovich, Kuk, Smit, Frensis, Ake, Gosling, Kuk (Arter, 78), Freyzer, Ayb, King (Afobe, 39), Uilson (Musse, 85).
Everton – Pikford, Kin, Martina, Kenni, Jagelka, Makkarti (Runi, 46), Shnayderlin, Lennon, Guyye (Bolazi, 71), Sigurdsson, Kelvert-Lyuin (Nyasse, 54).

Nyukasl – Brayton 0:0 (0:0, 0:0)
Nyukasl – Darlou, Lassels, Dammett, Yyedlin, Klark, Ritchi (Peres, 72), Merino (Shelvi, 76), Xeyden, Atsu, Geyl, Xoselu (Merfi, 84).
Brayton – Rayan, Daffi, Bong, Saltor, Dank, Propper, Stivens, Gross, March, Knokert, Myurrey (Xemed, 62).
Ogohlantirishlar: Yyedlin (61), Knokert (73), Merino (74), Dank (90).

Haddersfild – Bernli 0:0 (0:0, 0:0)
Haddersfild – Lessl, Yorgensen, Meloun, Xaderdjonay (Smit, 46), Shindler, Muy, Xogg, Ins (Lolli, 55), van La Parra, Depuatr, Kvaner (Uilyams, 82).
Byornli – Poup, Long, Teylor, Bardsli, Mi, Defur, Kork, Xendrik (Vouks, 73), Gudmundsson, Arfild, Barns (Uells, 81).
Ogohlantirishlar: Yorgensen (12), Mi (76), Lolli (90).

Top