00:49 / 30.12.2017
29417

Shtanga ostida halok bo‘lgan o‘smir 7 kishining joniga oro kirdi

Foto: The Courier-Mail

Avstraliyaning Brisben shahrida vafot etgan o‘smirning tana a'zolari evaziga 7 kishining hayoti saqlanib qolindi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda. 

15 yoshli Ben Shou 27 sentabrda sportzalda mashq qilayotganda 98 kg lik shtangani ustiga tushirib yuborgan. U shtanga ostidan 30 daqiqadan keyin chiqarib olingan. O‘smir shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qolisha olmagan. Uch kundan keyin o‘smirning ota-onasi farzandlarini hayotni ta'minlash qurilmasidan uzishga qaror qilishgan. 

O‘smirning tana a'zolari 3 nafar bola va 4 nafar katta yoshli insonga ko‘chirib o‘tkazilgan. 3 bola uning yurak klapanlarini olgan. Bundan tashqari, ikki bemorga o‘smirning ko‘zlari ko‘chirib o‘tkazilgan.

Mavzuga oid
Top