Singapurning axborot almashish va OAVni rivojlantirish boshqarmasi Falastin-Isroil ixtilofi haqidagi hujjatli film namoyishini to‘xtatdi.
“Qarshilik porlashi” deb nomlagan, ikki falastinlik qiz nigohi bilan Falastin-Isroil ixtilofi haqida so‘zlanuvchi film Singapurda 4 yanvarda boshlanadigan kinofestival dasturidan olib tashlandi.
Singapur hukumatining ta'kidlashicha, Falastin xalqi muammolari haqidagi hujjatli film jamiyatda ekstremistik qarashlar tarqalishiga olib kelishi mumkin.