23:13 / 05.01.2018
23121

AQShda yomon ob-havo sababli 19 kishi halok bo‘ldi

Foto: AP Photo / Julio Cortez

AQShning shimoli-sharqida kuchli shamol, qor yog‘ishi va noodatiy past haroratlar bilan kechayotgan yomon ob-havo sababli halok bo‘lganlar soni 19 kishiga yetdi. Bu haqda CBS News telekanali xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, ko‘pchilik yo‘l-transport hodisalari yoki sovqotish oqibatida halok bo‘lgan. 

Telekanalning ma'lum qilishicha, shimoli-sharqiy shtatlarning 100 mingdan ko‘proq aholisi kuchli shamol va qor tufayli elektr ta'minotisiz qolgan. 

WTOC telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, yomon ob-havo sababli Amtrak transport kompaniyasiga tegishli, Mayamidan Nyu-Yorkka ketayotgan yo‘lovchi poyezdining uchta vagoni relslardan chiqib ketgan. Bunga relslarda muzlab qolgan, yo‘nalishlarni o‘zgartirish strelkasi sabab bo‘lgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.  

Avvalroq Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo yomon ob-havo sababli favqulodda vaziyat tartibi kiritilishini e'lon qilgandi. 

Ba'zi hududlarda 30 sm gacha qor yoqqan. Ob-havo mutaxassislarining prognoziga ko‘ra, shunday sovuq harorat dam olish kunlari ham saqlanib qoladi.

AQShda haqiqiy qish: muzlab qolgan favvoralar, qattiq sovuq va kuchli qor

Foto: Getty Images

Foto: AP

Foto: AP

Foto: The Daily Press

Foto: New York Daily News

Foto: Getty Images

Foto: AP

Foto: AP

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

Foto: Getty Images

Foto: Polaris

Foto: Getty Images

Foto: AFP

Foto: Alamy

Foto: EPA

Foto: EPA

Foto: EPA

Foto: The Washington Post

Foto: The Washington Post

Foto: The Washington Post

Foto: AFP

Foto: AFP

Foto: Barcroft Media

Foto: AP

Foto: Instagram/emmpathy

 

Mavzuga oid
Top