Abdulla Aripov Imomali Rahmon bilan uchrashdi
Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon Dushanbega rasmiy tashrif bilan borgan O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi prezidentining “Facebook”dagi rasmiy sahifasida ma'lum qilindi, deb xabar tarqatgan O‘zA.
O‘tkazilgan hukumatlararo komissiyaning yig‘ilishida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalar muhokama qilindi.
Bunday uchrashuvlarning o‘tkazilishi ikki do‘st va qardosh mamlakatlarning o‘zaro munosabatlari yanada mustahkamlanishi yo‘lida muhim omil bo‘layotgani ta'kidlandi.
Uchrashuv davomida savdo cheklovlarini bartaraf qilish bilan bog‘liq masalalar, fuqarolarning harakatini soddalashtirish, tovarlarni tashish uchun ta'riflarni kamaytirish, ikki mamlakatni bog‘lab turuvchi mavjud yo‘llarni reabilitatsiya qilish, davlat chegaralari bilan bog‘liq ko‘plab masalalar bo‘yicha kelishib olindi.
Tojikiston va O‘zbekiston uchun foydali bo‘lgan suv va energetika masalasi, sanoat mahsulotlari ko‘rgazmalarini tashkil etish, O‘zbekiston hamda Tojikiston madaniyat kunlarini tashkil etish borasida qilingan va qilinayotgan ishlar alohida e'tirof etildi.
Mavzuga oid
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
18:33 / 04.11.2024
Abdulla Aripov Shanxayda Xitoy bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024