12:02 / 13.01.2018
10750

O‘zbekiston-Xitoy uchrashuvi qahramoni g‘alaba haqida fikr bildirdi

Xitoyga qarshi Osiyo chempionati 2-turida g‘alaba to‘pini kiritib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida e'tirof etilgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi himoyachisi Hojiakbar Alijonov OFK sayti hamda OAV vakillari savollariga javob berdi va g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylangani uchun baxtli ekanligini aytdi.

«Gol kiritish albatta, yoqimli. Ammo, muhimi jamoa g‘alabasi. Bugun faqat g‘alaba bizni qoniqtirar edi va biz buni uddasidan chiqdik. Uchrashuv biz uchun qiyin kechishini bilar edik va qiyin uchrashuvda g‘alaba qozonib, vaziyatni sal yumshata oldik.

Xitoyliklar bugun juda kuchli futbol namoyish etishdi. Aytishim mumkinki, Xitoy terma jamoasi bugun kutganimizdan ham kuchiroq o‘ynadi. Ular safida, ayniqsa 7 hamda 22-raqamdagi futbolchilar hammadan ko‘ra kuchliroq harakat qilishdi», deya Alijonovning so‘zlarini keltiradi OFK rasmiy sayti.

Top