08:36 / 16.01.2018
11729

«Steroidlar qiroli» - boks bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Joshuaga ta'rif berishdi

Foto: Reuters

Yangi zelandiyalik bokschi Jozef Parker britaniyalik Entoni Joshuaning so‘zlariga izoh berdi, u teleefir vaqtida uni piroglar qiroli deb atab, sportchining jismoniy holatiga e'tibor qaratmoqchi bo‘ldi. Yangi zelandiyalik esa bunga javoban Joshuani steroidlar qiroli, deb atadi.

«Agarda men piroglar qiroli bo‘lsam, unda u – steroidlar qiroli. Kim biladi... Sen shu darajada katta bo‘lsang va mushaklaring shunday bo‘lsa, senda aniq nimadir yuz bergan», - deya Parkerning so‘zlarini keltiradi Boxingscene.

Britaniyalik Joshua Xalqaro boks federatsiyasi (IBF), Xalqaro boks tashkiloti (IBO) va Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yo‘nalishi bo‘yicha og‘ir vazn toifasida jahon chempioni hisoblanadi. U va Butunjahon boks tashkiloti (WBO) yo‘nalishi bo‘yicha og‘ir vazn toifasida jahon chempioni sanaluvchi Parker o‘rtasidagi jang 2018 yilning 31 mart kuni Kardiffda bo‘lib o‘tadi.

Parker o‘z faoliyati davomida 24 g‘alaba qozonib, ularning 18 tasini nokaut bilan yakunlagan, biron marta ham mag‘lubiyatga uchramagan.

Joshua ham mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelyapti: 20 g‘alaba (barchasi nokaut bilan).

Mavzuga oid
Top