13:40 / 17.01.2018
17811

Qoraqalpog‘istonlik muxlis Messining dastxati tushirilgan futbolkaga ega bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonlik futbol muxlisi Ruslan Tashimov o‘zining sevimli jamoasi «Barselona» hujumchisi Lionel Messi dastxati tushirilgan sovg‘alarga ega bo‘ldi. Bu haqda kruz.uz xabar tarqatdi.

«Oktyabr oyining boshida Ispaniyaning Barcelona shahridan kelgan sayyoh bilan Nukus shahrida tanishib qoldik. U meni ustimdagi «Barselona» formasini ko‘rib menga kelib: «Siz «Barcelona» muxlisimisiz?», deb so‘radi. «Ha. Men bolaligimdan «Barcelona» muxlisiman deb javob berdim. Biz u bilan ijtimoiy tarmoqlarda gaplashib turdik va u meni Barcelonaga taklif qildi.

Uning maxsus klinikasi bor edi. Leo Messi uning klinikasiga borib tibbiy ko‘rikdan o‘tib turar ekan. Menga Messining dasxati bilan birga «Barcelona» formasini sovg‘a qilmoqchiligini aytdi. Boshida men hazil deb o‘yladim, u takror so‘radi va yubormoqchiligini takidladi, buni qarang o‘sha sovg‘alar bugun qo‘limda», deya gapirib bergan Ruslan Tashimov.

Foto: Kruz.uz
Foto: Kruz.uz
Foto: Kruz.uz
Top