Apple iPhone faoliyati sekinlashuvini o‘chirishga imkon beradi

Foto: Reuters
iPhone smartfonlari foydalanuvchilari tez orada o‘z qurilmalari faoliyati sekinlashuvini o‘chirish imkoniga ega bo‘lishadi. Apple korporatsiyasi bosh direktori Tim Kuk ABC telekompaniyasiga bergan intervyusida shu haqida xabar berdi.
U kompaniya smartfonlar uchun yangilanish chiqarishi va bu iPhone egalariga batareya holati va ularning qurilmasi sekinlashgan yoki yo‘qligi haqida ma'lumot olish imkonini beradi. "Kutilmagan yuklanishning oldini olish maqsadida biz smartfonlar faoliyati biroz sekinlashtirilishidan ogohlantiramiz. Agar siz buni istamasangiz, uni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin bo‘ladi", - dedi Kuk.
U mazkur funksiyani o‘chirish tavsiya etilmasligini qo‘shimcha qildi.
O‘tgan yilning oxirida korporatsiya o‘zining eski modellari faoliyatini sekinlashtirganini tan olgandi. Bunga ulardagi litiy-ion batareyalarining vaqt o‘tgandan keyin kuchi yo‘qolishi va sovuq havoda qurilmadan foydalanish vaqtida quvvati qolmasligi mumkinligi bilan izohlandi. Smartfonlar faoliyatidagi kutilmagan nosozliklar yuzaga kelmasligi uchun kompaniya iOS operatsion tizimiga resurslar yetishmovchiligida muayyan funksiyalar bajarilishini sekinlashtirishga doir o‘zgarishlar kiritdi. Kompaniya buning uchun iste'molchilardan uzr so‘radi va eski modellarning yangi akkumulyatorlari narxini pasaytirdi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kimga imtiyozli ijtimoiy xizmatlar uchun vaucher beriladi?
O‘zbekiston | 09:03
-
Putin Rossiyaning butun Ukrainaga bo‘lgan da’vosi haqida ma’lum qildi
Jahon | 08:41
-
Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 08:36
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
Mavzuga oid

00:33 / 20.06.2025
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum

19:38 / 10.06.2025
Dunyodagi eng qimmat 100 ta IT-brend qiymati 3,2 trln dollarga yetdi

16:46 / 10.06.2025
iPhone yangi dizayni, Siri’da kechiktirilgan o‘zgarishlar, iOS26 va Games – Apple WWDC25’da nimalar taqdim qildi?

16:44 / 22.05.2025