Jahon | 10:04 / 19.01.2018
14915
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev Trampning Donbass bo‘yicha g‘oyasi haqida gapirdi

Foto: akorda.kz

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning ma'lum qilishicha, AQSh rahbari Donald Tramp Donbassdagi mojaroga yechim topish bo‘yicha muzokaralarni Minskdan boshqa shaharga ko‘chirishni taklif qilgan. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

Nazarboyev Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik Kengashining yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida shunday bayonot bilan chiqdi.

«Biz «Minsk-1» to‘xtab qolgani, boshi berk ko‘chaga kirib qolgani, «Minsk-2» kerakligi haqida gaplashdik. U shunday dedi: «Keling, boshqa joyga ko‘chiramiz». Men esa: «Mayli» dedim», - deya aytib o‘tdi Qozog‘iston rahbari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, katta ehtimol bilan yangi muzokaralar Qozog‘istondagi shaharlardan birida tashkil etiladi.

«Mening fikrimcha, Minsk kelishuvlari boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Hozirda tinchlikparvar kuchlarni Donbass hamda Luganskka kiritish kerak, ular chegarani aniqlab berishi lozim. Ularning pozitsiyalarini yaqinlashtirish, o‘zaro murosaga keltirish kerak. Bugun bu narsa yo‘q», - deya xulosa qildi Nazarboyev.

Mavzuga oid