16:53 / 19.01.2018
12864

O‘z otasining uyiga o‘g‘rilikka kirgan o‘g‘il ushlandi

Foto: KUN.UZ

Buxoro viloyati Shofirkon tuman IIBga, Dorigar MFY, Dorigar qishlog‘ida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan H.O. ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxs uning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi sandiq ichidan 1.900.000 so‘m pullari va bir dona bahosi 100.000 so‘mlik “Nokiya” rusumli telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan edi, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyat shu kunning o‘zidayoq fosh etilib, jinoyatni jabrlanuvchining o‘g‘li, 1999 yilda tug‘ilgan O.P. sodir qilganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan O.P.ga nisbatan  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Top