10:15 / 20.01.2018
32566

Yandeks. Taksi O‘zbekistonga kirib kelmoqda

Foto: Yandeks.Taksi

Yandeks.Taksi O‘zbekistonda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan xizmatga malakali mutaxassislarni ishga yollash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlarini e'lon qildi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar beriladi.

Nomzodlarga qo‘yilgan talabga ko‘ra, mutaxassis oliy ma'lumotli bo‘lishi, o‘zbek va rus tilida tez hamda ravon yozishi talab etiladi.

«Mustaqil qarorlar qabul qilishga odatlangan, katta ma'lumotlar bazasi bilan ishlash barobarida kundalik vazifalarini uddalab ketadigan nomzodlarni qidiryapmiz», deyiladi e'londa.

Ma'lumot uchun, ayni paytda Yandeks.Taksi xizmati O‘zbekistonda ishga tushirilmagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval, AT sohasida yetakchi bo‘lgan Rossiyaning Yandeks kompaniyasi o‘zbek tilini bilgan asessorlarni ishga taklif qilgandi.

Top