16:18 / 20.01.2018
26032

Gvardiola Messigacha dunyoning eng kuchli futbolchisi kim bo‘lgani haqida gapirdi

Foto: Getty Images

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola joriy haftada futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qilgan braziliyalik Ronaldino borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ronaldino — klubning nufuzini oshirish uchun eng ko‘p harakat qilgan futbolchi. O‘shanda Laportadek ajoyib prezident qo‘l ostida va Ronaldinodek futbolchi bilan klubning yo‘nalishi butunlay o‘zgargandi.

U ko‘p yillar davomida fantastik futbol namoyish etdi. Ispaniya chempionati va Yevropa chempionlar ligasida g‘alaba qozondi. Ronaldino — butunlay boshqa saviyadagi futbolchi.

Messigacha Ronaldinoga o‘xshash kuchli futbolchini ko‘rmaganman», - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi Sport.es.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldino «Barselona»da yulduzlik onlarini o‘tkazgan vaqtida, Gvardiola kataloniyaliklarning yoshlar tarkibiga ustozlik qilardi. 2008 yilda Pep ko‘k-anorranglilar bosh murabbiy etib tayinlanganida esa braziliyalik futbolchi klubni tark etgandi.

Top