22:10 / 20.01.2018
11041

«MYu» kichik g‘alabaga erishdi va boshqa natijalar

«Manchester Yunayted» Angliya chempionatining 24-turida «Byornli» mehmoni bo‘ldi. O‘yindagi yagona golni ikkinchi bo‘limda Antoni Marsiyal Romelu Lukakuning pasidan keyin urdi - 0:1.

Bu g‘alabadan keyin Joze Mourino shogirdlari ochkolari sonini 53taga yetkazgan va ikkinchi o‘rinda mustahkam joylashgan, «Byornli» 34 ochko bilan yettinchi o‘rinda qolgan.

Bu tur doirasida «Everton» va «Vest Bromvich Albion» ochkolarni bo‘lishib oldi — 1:1. O‘yinda hisobni Jyey Rodriges tezkor gol bilan ochgandi, ammo «irislar» Bayye Umar Niassening ikkinchi bo‘limdagi goli bilan mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Bu uchrashuvda «Everton»da debyut qilgan Teo Uolkott golga hammualliflik qildi.

«Stok Siti» o‘z uyida «Haddersfild Taun» ustidan g‘alabaga erishdi — 2:0.

Shuningdek, bu turda «Lester Siti» «Uotford»ni yengdi — 2:0, «Vest Hem Yunayted» esa «Bornmut» bilan durang o‘ynadi — 1:1.

Angliya chempionati
24-tur

Byornli – Manchester Yunayted 0:1
Gol: 0:1 – 54 Marsiyal.
Byornli – Poup, Tarkovski, Teylor, Bardsli, Mi, Kork, Defur, Xendrik (Vouks, 81), Gudmundsson, Arfild (Nkudu, 81), Barns (Uells, 89).
Manchester Yunayted –    De Xea, Smolling, Jons, Valensiya, Mata (Fellayni, 72), Yang, Pogba, Matich, Lingard (Reshford, 80), Marsiyal (Errera, 90), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Mi (31), Bardsli (67), Pogba (69), Defur (69), Matich (76), Valensiya (90).

Everton – Vest Bromvich 1:1
Gollar: 0:1 – 7 Rodriges, 1:1 – 70 Nyasse.
Everton – Pikford, Xolgeyt, Martina, Kenni, Uilyams, Sigurdsson, Shnayderlin, Vlashich (Bolazi, 46), Makkarti (Runi, 61), Uolkott, Tosun (Nyasse, 69).
Vest Bromvich –    Foster, Xegazi, Gibbs, Douson, Evans (Makoli, 80), Fillips, Kryxovyak, Berri, Brant (Livermor, 79), Rodriges (Makkleyn, 79), Rondon.
Ogohlantirishlar: Uolkott (45), Shnayderlin (58), Douson (88).

Lester – Uotford 2:0
Gollar: 1:0 – 39, penalti Vardi, 2:0 – 90 Mahrez.
Lester – Shmeyxel, Maguayr, Dragovich, Chiluell, Mahrez, Amarti, Jyeyms, Ndidi, Olbrayton, Okadzaki (Grey, 65), Vardi (Adriyen Silva, 89).
Uotford – Karnezis, Vage (Predl, 61), Zegelar, Yanmat (Okaka Chuka, 81), Kabasele, Uotson, Dukure, Pereyra (Grey, 60), Karrilo, Risharlison, Dini.

Stok Siti – Haddersfild 2:0
Gollar: 1:0 – 53 Allen, 2:0 – 69 Diuf.
Stok Siti – Batlend, Zuma, Piters, Bauer, Shoukross, Allen, Fletcher, Adam (Kemeron, 71), Shakiri, Diuf (Krauch, 77), Shupo-Moting (Sobxi, 90).
Haddersfild –    Lessl, Yorgensen, Xaderdjonay, Meloun, Shindler, Xogg (Depuatr, 79), Muy, Pritchard (Sabiri, 60), van La Parra, Ins (Kvaner, 56), Mune.
Ogohlantirishlar: Xogg (34), Bauer (72).

Vest Hem – Bornmut 1:1
Gollar: 0:1 – 71 Freyzer, 1:1 – 73 Ernandes.
Vest Hem – Adrian, Ogbonna, Kressuell (Bayrem, 90), Masuaku, Kollinz, Lansini (Ernandes, 64), Kuyate (Rays, 90), Obiang, Nobl, Arnautovich, Sabaleta.
Bornmut – Begovich, Kuk, Ake, Deniels, Frensis, Ayb (Stanislas, 62), Kuk, Freyzer (King, 85), Gosling, Smit, Uilson.
Ogohlantirishlar: Kollinz (31), Masuaku (49), Gosling (52), Ogbonna (58).

Mavzuga oid
Top