Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 2 kishidan 2,5 kg marixuana musodara qilindi
Foto: IIB
Ohangaron shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda shu shaharda yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan, M.A. «Lasetti» rusumli avtomashinasida katta miqdorda giyohvand moddalarni olib ketayotgani aniqlandi. Uning mashinasi Piskent tumani, Birlik mahallasi hududida gumonlanib, xolislar ishtirokida tekshirilganda, mashina yukxonasidan 2 ta qora rangli polietilen paketda vazni 688,2 gr. «marixuana» giyohvand moddasi borligi aniqlangan.
Ma'lum qilinishicha, o‘zining iste'mol qilishi uchun saqlagan modda tuman IIB JQB tomonidan rasmiylashtirib olingan. Tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zR JKning 276-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bundan tashqari Olmaliq shahrida yashovchi, muqaddam O‘zR JKning 169-moddasi, 276-moddasi bilan sudlangan, 1977 yilda tavallud topgan E.A.ning yonidan yirik miqdorda giyohvand moddasi borligi aniqlangan. U Olmaliq shahar A.Temur ko‘chasida joylashgan «Traktor» nomli kafening orqa tomonida gumonlanib tekshirilganda qo‘lidagi polietilen sumkasidan vazni 1872,4 gr. «marixuana» giyohvand moddasi borligi aniqlanib, rasmiylashtirib olingan. Tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zR JKning 276-m 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
11:31 / 20.01.2026
Bo‘stonliqda Li9 yo‘lning xandaq qismiga tushib ketdi
19:01 / 18.01.2026
Toshkent viloyatidagi uylardan tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan 17,5 tonna qum va toshlar topildi
13:42 / 14.01.2026
Telegram-bot orqali giyohvandlik vositasi sotganlar aniqlandi
10:30 / 13.01.2026