14:00 / 21.01.2018
13845

Surxondaryo viloyatida "O‘simlik klinikasi" xizmati tashkil etildi

Foto: KUN.UZ

Innovatsion rivojlanish vazirligi va Toshkent davlat agrar universiteti tashabbusiga asosan Surxondaryo viloyatida ​aholi tomorqalarida qishloq xo‘jaligi ekinlarining kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashishning tizimini tashkil etish bo‘yicha yangi xizmat joriy etildi.   Bu haqda Kun.uz muxbiri Innovatsion rivojlanish vazirligi ma'lumotiga tayangan holda xabar beradi.​

Yangi tashkil etilgan xizmat orqali ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida “O‘simliklar klinikasi”ni tashkil etish bo‘yicha loyiha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ma'qullangan. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun davlat xususiy sherikchiligi asosida “Termez Agro Seed” MChJ tuzilgan bo‘lib, u tomonidan Termiz tumanidagi barcha mahallalarda aholi tomorqalarida ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi “O‘simliklar klinikasi”ni tashkil etish loyihasi namuna tariqasida “Yangiobod” mahallasida joriy etildi. 

Ushbu tashkil etilgan “O‘simliklar klinikasi”ni aholiga xizmat ko‘rsatish faoliyati to‘g‘risida 2018 yil 21 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston respublikasi va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligini masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari xamda fermerlar va aholi tomorqalari kengashi raislari ishtirokida seminarda  “O‘simliklar klinikasi”ni tashkil etish va aholiga xizmat ko‘rsatish faoliyati to‘g‘risida tanishtirdi xamda ishtirokchilarni barcha qiziqtirgan savollariga javob berdi.​

 

Top