23:20 / 22.01.2018
8878

Bloger 200 metr balandlikdan basketbol to‘pini savatchaga tushira oldi

Foto: youtube.com/How Ridiculous

Avstraliyalik videobloger Derek Xerron basketbol to‘pini 200 metr balandlikdan pastda turgan savatchaga tushira olib, jahon rekordi o‘rnatdi. Erkakning bu rekord natijasini tasdiqlovchi rolik Janubiy Afrika Respublikasidagi Maletsyuneyane sharsharasida suratga olingan.

Videoda Xerron qoya chekkasida turib pastda turgan basketbol savatchasiga to‘pni bexato tushira olganini ko‘rish mumkin.

E'tiborlisi, avvalgi shunday rekord ham Xerronga tegishli bo‘lgan. U 2016 yilda 180 metr balandlikdan to‘pni savatchaga bexato tushira olgan. Yana bir e'tiborli tomoni, Xerron professional sportchi emas.

Top