Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seulda faollar Kim Chen In fotosuratini KXDR delegatsiyasi rahbari ko‘z o‘ngida yoqib yuborishdi
Foto: Yonhap
Janubiy koreyalik faollar Kim Chen In fotosurati va KXDR bayrog‘ini Shimoliy Koreyaning «Moranbon» jamoasi xonandasi, Kim Chen Inning yaqin do‘sti sifatida baholanuvchi Xen Son Vol ko‘z o‘ngida yoqib yuborishdi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
Shuningdek, norozilik aksiyasi qatnashchilari ikki mamlakatning sulhidan darak beruvchi bayroqni ham yoqib tashlashgan.
Xonanda Xen Son Vol Pyongchangdagi 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimida shimoliy koreyalik 140 artistdan iborat guruhning chiqishiga tayyorgarlik jarayoni rahbari sanaladi.
Kim Chen Inning do‘sti Koreyalarni birlashtirmoqda
Janubiy Koreya OAV ma'lumotlariga ko‘ra, norozilik aksiyasida 200ga yaqin kishi ishtirok etgan.
Mavzuga oid
21:47 / 26.01.2026
Janubiy Koreya o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatishi mumkin
14:32 / 24.01.2026
Janubiy Koreya birinchilardan bo‘lib sun’iy intellektni tartibga solishni boshladi
19:00 / 23.01.2026
Janubiy Koreya dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellektni tartibga soluvchi qonunni amalga kiritdi
19:52 / 21.01.2026