12:50 / 23.01.2018
14137

Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisi ta'ziya bildirdi

Foto: Muftyat.kz

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi fojiada o‘zbekistonliklar halok bo‘lgani munosabati bilan xorijiy mamlakatlar musulmonlar idoralari rahbarlari, muftiylar nomidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi nomiga hamdardlik maktublari kelishi davom etmoqda. Xususan, Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisidan ham hamdardlik maktubi keldi, deb xabar qilmoqda O‘zMI matbuot xizmati.  

 

“Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan fojiali hodisada 50 dan ziyod o‘zbekistonlik qardoshlarimiz qurbon bo‘lgani bizni chuqur qayg‘uga soldi. Shu munosabat bilan men Qozog‘iston mo‘min-musulmonlari nomidan Sizga chuqur ta'ziya bildiraman. 

Mazkur fojiali hodisa tufayli halok bo‘lgan o‘zbekistonlik qardoshlarimiz haqiga Qozog‘istonning barcha masjidlarida juma namozida duolar qilindi. Alloh taolodan marhumlarni o‘z rahmatiga olishini so‘raymiz. Haq taolo bu musibat o‘rnini xayrli ishlar bilan to‘ldirsin”, - deyiladi Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Serikbay hoji ORAZ yo‘llagan maktubda. 

Bundan avval Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi raisi professor, doktor Ali Erbosh, Qirg‘iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Maxsatbek hoji To‘xtamishev ta'ziya bildirgani haqida xabar berilgan edi. 

Top