16:10 / 23.01.2018
18527

Osiyo chempionati dastlabki finalchisi aniq bo‘ldi

Foto: The-afc.com

Xitoyda davom etayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi osiyo chempionati dastlabki yarim final uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda Qatar U-23 terma jamoasi Vetnam U-23 terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi. Qatardan Orif va Ali Almoyez, Vetnamdan esa Tsyuang Hay tomonidan kiritilgan ikki gol asosiy vaqt 2:2 hisobida durang bilan tugashiga sabab bo‘ldi. Ikkita 15 daqiqalik qo‘shimcha bo‘limlarda ham g‘olib aniqlanmadi va o‘yin taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. 

Penaltilar seriyasida omad Vetnam U-23 terma jamoasiga kulib boqdi. Lotereyada 4:3 hisobida ustun kelgan Vetnam U-23 terma jamoasi chempionatning dastlabki finalchisiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, ikkinchi yarim final uchrashuvda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Janubiy Koreya U-23 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:30da boshlanadi.

Osiyo chempionati U-23
1/2 final

Qatar U-23 - Vetnam U-23 2:2 (1:0, 1:2, 0:0)
penaltilar bo‘yicha 3:4
Gollar: Orif (39), Ali Almoyez (87) - Tsyuang Hay (69, 88).

Mavzuga oid
Top