08:55 / 24.01.2018
10138

Fantastik natija! Lebron Jyeyms MBA tarixiga kirdi

Foto: FOX Sports

«Klivlend Kavalers» forvardi Lebron Jyeyms MBA muntazam chempionatining «San-Antonio Spyors»ga qarshi bahsida faoliyati davomida to‘plagan ochkolari sonini 30 000 dan oshirdi. 33 yoshli basketbolchida o‘yindan avval 29 993 ochko bor edi. «Spyors» bilan bahsning ilk choragidayoq Lebron 8 ochko jamg‘ardi va rekord o‘rnatdi.

Shu tariqa, Lebron MBA tarixida bu ko‘rsatkichga erishgan eng yosh o‘yinchiga aylandi. Jyeyms 30 minginchi ochkoni 33 yoshu 24 kunligida qo‘lga kiritdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Kobi Brayant qayd etilgan, u 30 ming ochkoni 34 yoshu 104 kunligida jamg‘argan.

Lebron va Brayantdan tashqari (33 643 ochko), faoliyati davomida 30 000 dan ko‘proq ochkoni faqat 5 o‘yinchi jamg‘argan: Dirk Novitski (30 837), Uilt Chemberlen (31 419), Maykl Jordan (32 292), Karl Meloun (36 928) va Karim Abdul-Jabbor (38 387).

Mavzuga oid
Top