Qozog‘iston hududining to‘rtdan bir qismi avtobuslar harakati uchun yopildi
Sharqiy Qozog‘istonda kuchli sovuq harorat tufayli yo‘llar yo‘lovchi va dizel transporti harakati uchun yopildi.
"Kazaxavtodor" havo harorati Tselsiy bo‘yicha -40 daraja sovuqqa qadar tushishi kutilayotgani tufayli shunday qadamga bordi. Sharqiy Qozog‘iston viloyatining barcha yo‘llari 24 yanvar soat 21:00dan boshlab yo‘lovchi va dizel transporti uchun yopildi", - deyiladi idora xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 21 yanvardan beri Oqmo‘la, Pavlodar va Shimoliy-Qozog‘iston viloyatida transportning alohida turlari uchun harakatlanish cheklovi o‘rnatilgan. Mintaqalarda bo‘ron ogohlantiruvi e'lon qilindi.
Cheklovlar joriy etilgan mintaqalar umumiy maydoni Qozog‘iston maydonining 24 foizini tashkil etadi. Bu viloyatlar hududida respublika barcha aholisining taxminan to‘rtdan bir qismi yashaydi.
Kostanay viloyatida poytaxt hamda Petropavlovskka olib boruvchi yo‘llarda yo‘lovchi va dizel transporti harakati cheklandi. Sabab o‘sha-o‘sha – 30 darajalik sovuq.
Mavzuga oid
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
21:21 / 13.11.2024
Urganchga Xitoydan 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi
20:17 / 13.11.2024