O‘zbekiston | 10:10 / 25.01.2018
8700
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentga Deloitte kompaniyasi vakillari keldi

www.mitc.uz

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Deloitte konsalting kompaniyasining Qozog‘istondagi departamenti rahbari Kristofer Armitaj, departamentning Kaspiy mintaqasidagi «raqamli strategiya»ni ishlab chiqishga mas'ul Deloitte MDH mas'ullari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Prezidentining 2017 yil 18 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturini shakllantirish va moliyalashtirishga oid yangi tartib to‘g‘risidagi qarorida vazirlik zimmasiga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan edi.

Uchrashuvda Deloitte kompaniyasi bilan bu yo‘nalishda hamkorlik qilish va sohani xalqaro tajribani hisobga olgan holda, AKTni uzoq muddatga mo‘ljallangan maqsadli rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Mazkur konsepsiyada telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, «elektron hukumat»ni joriy qilish, axborot xavfsizligini ta'minlash, sohada innovatsiyalarni tatbiq etish, pochta, logistika hamda elektron tijorat kabi yo‘nalishlarda zamonaviy xizmatlarni joriy qilish, shuningdek, ta'lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning ilg‘or usullarini ilgari surish kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.

Deloitte - konsalting va audit xizmatlarini ko‘rsatuvchi jahonning yirik tarmoqlashgan kompaniyasi bo‘lib, auditorlik yo‘nalishida «peshqadam to‘rtlik»ka kiradi, xodimlar soniga ko‘ra eng yirik professional (263 000 nafar) kompaniya hisoblanadi.

Mavzuga oid