Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hech qayerda ishlamagan shaxslar ham pensiyaga chiqishi mumkinmi?
Fuqaro hech qayerda ishlamagan shaxslar ham pensiyaga chiqishi mumkinmiligi, chiqa olsa necha yoshdan chiqishi kerakligini so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi kanalida keltirilgan.
Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risidagi qonuniga asosan ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar va ularning oilalari davlat pensiyalari olish huquqiga ega emas.
Ularning ijtimoiy ta'minlanish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga asosan ish stajiga ega bo‘lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga layoqatli voyaga yetgan farzandlari, qarindoshlari yoki Oila kodeksiga muvofiq ularni ta'minlashga majbur bo‘lgan boshqa shaxslar bo‘lmagan taqdirda tayinlanadi.
Mavzuga oid
13:17 / 01.07.2025
Nogironlik pensiyasini proaktiv shaklda tayinlash tartibi belgilandi
18:38 / 30.06.2025
Raqamli g‘azna tizimi joriy etiladi
12:21 / 26.06.2025
Pensiya yoshini oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan - Pensiya jamg‘armasi
14:05 / 25.06.2025