Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘tgan yili O‘sh viloyati O‘zbekistonga 100 ming tonnadan ortiq ko‘mir eksport qilgan
Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida 2017 yil yakunlari va 2018 yilga mo‘ljallangan rejalar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Doir Kenekeyev, hukumatning viloyatdagi vakolatli vakili Taalaybek Sariboshov, tumanlar hokimlari ishtirok etdi.
Vakolatli vakil o‘rinbosari Ahmadjon Muhammadovning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yilda O‘sh viloyatida 58 ta yangi korxona ochildi. «Yangi korxonalarning ochilishi 1000 dan ortiq ish o‘rnini yaratish imkonini berdi. Shu bilan birga, 12 ta korxona bo‘sh turibdi, bu paxta, g‘allaning kam hosil bergani hamda un ishlab chiqarish hajmi kamaygani bilan bog‘liq. Viloyatda sanoat mahsulotlari eksport atigi 10 foizni tashkil etmoqda, 90 foiz tovarlar mintaqaga import qilinmoqda», - deya xabar berdi u.
Qayd etilishicha, o‘tgan davrda ko‘mir qazib olish hajmi 10 foizga oshdi. O‘zbekistonga 100 ming tonnadan ortiq ko‘mir eksport qilingan.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026