Qirğizistonning Öş viloyatida 2017 yil yakunlari va 2018 yilga möljallangan rejalar böyiça yiğiliş bölib ötdi. Unda mamlakat boş vaziri örinbosari Doir Kenekeyev, hukumatning viloyatdagi vakolatli vakili Taalaybek Sariboşov, tumanlar hokimlari iştirok etdi.

Vakolatli vakil örinbosari Ahmadjon Muhammadovning sözlariga köra, ötgan yilda Öş viloyatida 58 ta yangi korxona oçildi. «Yangi korxonalarning oçilişi 1000 dan ortiq iş örnini yaratiş imkonini berdi. Şu bilan birga, 12 ta korxona böş turibdi, bu paxta, ğallaning kam hosil bergani hamda un işlab çiqariş hajmi kamaygani bilan boğliq. Viloyatda sanoat mahsulotlari eksport atigi 10 foizni taşkil etmoqda, 90 foiz tovarlar mintaqaga import qilinmoqda», - deya xabar berdi u.

Qayd etilişiça, ötgan davrda kömir qazib oliş hajmi 10 foizga oşdi. Özbekistonga 100 ming tonnadan ortiq kömir eksport qilingan.