Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston oyog‘idan yaralangan shaxsni Qirg‘izistonga topshirdi
Foto: © Sputnik / Tabyldy Kadyrbekov
31 yanvar kuni «Do‘stlik» o‘tkazish punktida Qirg‘izistonga Asan Usenbayevni topshirdi, u O‘zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tish chog‘ida qo‘lga olish paytida oyog‘idan yaralangandi.
Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qirg‘iz tomonidan NO‘Pga Qirg‘iziston chegara xizmati vakilidan tashqari, A.Usenbayevning qarindoshlari, tibbiyot xodimlari, boshqa mutasaddi shaxslar kelgan.
A.Usenbayev O‘sh viloyati shifoxonasiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yuborildi. U bugun Bishkekka uchib ketishi kerak.
Ro‘y bergan holat yuzasidan har ikki tomon ham o‘z surishtiruvini o‘tkazmoqda, uning natijalariga ko‘ra chegarada kelajakda bunday voqealarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olinadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston chegara naryadi 27 yanvar kuni Qirg‘iziston fuqarosiga nisbatan qurol qo‘llagandi. Ma'lum bo‘lishicha, Jalolobod viloyatining Ola-Bo‘ka tumani Ajak qishlog‘ida yashovchi A.U. mayda shoxli molni davlat chegarasi yaqinida o‘tlatish vaqtida O‘zbekiston hududiga o‘tib ketgan. O‘zbekiston chegara xizmati vakilining xabar berishiga ko‘ra, qirg‘izistonlik o‘zbek chegarachilari naryadi tomonidan aniqlangan va qo‘lga olish chog‘ida O‘zbekiston hududidan Qirg‘iziston tomonga qochishga uringan. O‘zbek tomonining ta'kidlashicha, O‘zbekiston chegarachilari qurol qo‘llashga majbur bo‘lishgan, sababi qonunbuzar ogohlantiruvlar va talablarga e'tibor bermagan, kechki payt bo‘lgani sababi chegara otryadi u oddiy fuqaro ekanini aniqlay olmagan. Natijada Qirg‘iziston fuqarosi chap oyog‘idan yaralangan.
Mavzuga oid
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
15:22 / 07.01.2026