Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MJTKdagi sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish tartibi qayta ko‘rib chiqildi
Foto: Fotolia
29.01.2018 yildagi O‘RQ-463-son Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ma'muriy ishlar yuzasidan sud hujjatlari qayta ko‘rilishini batafsil tartibga soluvchi alohida bob kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Unda sud hujjatlari ustidan kassatsiya, nazorat tartibida shikoyat (protest) berish (1-jadvalga qarang), shuningdek ularni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish tartibi (2-jadvalga qarang) belgilangan.
Shunisi e'tiborliki, ma'muriy ishlar bo‘yicha birinchi instansiya sudlarining qarorlari ustidan shikoyat (protest) berishning apellyatsiya tartibi nazarda tutilmagan. Biroq qabul qilingan tuzatishlar kuchga kirgunga qadar amaldagi qoidalarga rioya etish zarur.
Ma'lumot uchun: bugun tuman (shahar) ma'muriy sudi chiqargan qarori ustidan 10 kun davomida ushbu sud raisi yoxud yuqori turuvchi ma'muriy sudga shikoyat qilish mumkin. Agar ko‘rsatilgan muddatda qarori ustidan shikoyat qilinmasa, u qonuniy kuchga kiradi hamda keyinchalik kassatsiya va nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqilmaydi.

Qonun 1.04.2018 yildan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
14:56 / 15.01.2026
Tuman (shahar) va viloyat sudlariga rais lavozimi kerakmi?
19:07 / 13.01.2026
O‘zbekistonda sud qanchalik mustaqil va erkin? – faollar bilan suhbat
20:50 / 06.01.2026
“Credit House” ishi bo‘yicha zarar summasi hanuz aniq emas – suddan reportaj
08:49 / 30.12.2025