Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» 4ta gol o‘tkazib yutqazdi
Foto: Pr
Angliya chempionatining 26-turida sensatsiya qayd etildi. «Chelsi» safarda «Uotford»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Uotforddagi «Vikarij Roud» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Londonliklar o‘yinning asosiy qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazishdi. 30-daqiqada Temue Bakayoko ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.
«Asalarilar» jamoasi sardori Troy Dini 42-daqiqada penaltidan hisobni ochdi. Eden Azar 82-daqiqada uzoq masofadan javob golini urdi, ammo o‘yinning oxirgi qismida oltinrang libosdagi yigitlarni to‘xtatib bo‘lmadi. Daril Yanmat, Jyerar Deulofeu va Roberto Pereyra bittadan gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi - 4:1.
Endilikda «Chelsi» 50 ochkosi bilan turnir jadvalining to‘rtinchi o‘rnida qolmoqda, «Uotford» 30 ochkosi bilan 11-o‘rinda joylashgan.
Angliya chempionati
26-tur
Uotford – Chelsi 4:1 (1:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 42, penalti Dini, 1:1 – 82 Azar, 2:1 – 84 Yanmat, 3:1 – 88 Deulofeu, 4:1 – 90 Pereyra.
Uotford – Karnezis, Mariappa, Predl, Xolebas, Yanmat, Kapu, Dukure, Zegelar, Deulofeu (Karrilo, 89), Risharlison (Pereyra, 65), Dini (Grey, 90).
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, David Luiz, Keyxill, Mozes, Kante, Bakayoko, Dzappakosta, Villian (Fabregas, 34), Pedro (Jiru, 64), Azar.
Ogohlantirishlar: Bakayoko (25), Risharlison (45), Predl (50), David Luiz (58), Fabregas (62).
Chetlatish: Bakayoko (30).
Mavzuga oid
14:28 / 09.01.2026
Televideniyedan murabbiylikka o‘tgan, Runiga yordamchilik qilgan – «Chelsi»dagi yangi «nouneym» haqida
13:35 / 05.01.2026
«Siti» va «Liverpul» yana ochko yo‘qotdi, «Real»da yangi yulduz porladi
18:30 / 01.01.2026
«Chelsi» bosh murabbiy Enso Mareskani iste’foga chiqardi
22:28 / 17.12.2025