Jahon | 16:50 / 06.02.2018
16080
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an AQShning Turkiya va Eronga qarshi faoliyati haqida gapirdi

Foto: Reuters

IShID terrorchilik guruhi tor-mor etilganidan so‘ng ham AQSh harbiylarining Suriyada qolishi Turkiya, Eron va Rossiyaga qarshi yo‘naltirilgan. Bu haqda Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi.

«Sizlar IShID yo‘q, deb aytmoqdasizlar. Unda nega chiqib ketmayapsizlar? Demak, sizda Turkiyaga qarshi, Eronga qarshi yoki, ehtimol, Rossiyaga qarshi hisob-kitoblar bor», - deya prezidentning so‘zlarini keltirgan «RIA Novosti».

Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, Turkiya terrorizm mintaqa xavfsizligiga tahdid solishda davom etsa, «qat'iy turish hamda harakat qilishni» rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya 20 yanvar kuni «Zaytun novdasi» harbiy amaliyoti boshlangani haqida e'lon qildi. Bunga AQShning Suriya-Turkiya chegarasida xavfsizlik otryadlarini tashkil etish bo‘yicha rejalari turtki berdi.

Mavzuga oid