Tojikistonda ommaviy zaharlanish, qurbonlar bor
Tojikistonning Tog‘li-Badaxshon muxtor viloyati Ishkashim tumanidagi ikki qishloqda ommaviy zaharlanish yuz berdi. Mahalliy tadbirkor tomonidan olib kelingan bug‘doydan tortilgan undan tayyorlangan taomlarni iste'mol qilgan odamlar zaharlangan. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.
Tog‘li-Badaxshon muxtor viloyati davlat hokimiyati ijro organi matbuot kotibi Nilufar Aslamshoyevaning feysbukdagi sahifasida xabar berishicha, o‘tgan yilning avgust oyida mahalliy tadbirkor, Pitun qishloq jamoati Tug‘oz qishlog‘ida yashovchi shaxs Tojikiston janubidagi Xatlon viloyati Xamadoniy tumanida sotib olingan 5,4 ming kilogramm bug‘doyni qishloqqa olib kelgan.
Tadbirkor bug‘doyni mahalliy aholiga sotgan, ular esa tegirmonda un tortishgan. Ma'lum bo‘lishicha, bug‘doy tarkibida geliotrop zaharli o‘simligi bo‘lgan.
Zaharlanish bo‘yicha ilk holatlar joriy yilning 17 yanvar kuni ro‘y berdi. Viloyat shifoxonasiga Qurbonbekovlar oilasining 5 a'zosi olib borildi.
Shifokorlar ularda geliotropik zaharlanishli gepatitni aniqlashdi, bu organizmga geliotrop zaharli o‘simligi tushgani sababli ro‘y bergan. 31 yanvar kuni shifoxonada Qurbonbekovlar oilasining 11 yoshli a'zosi vafot etgan.
Tog‘li-Badaxshon muxtor viloyati rahbari Jamshid Shodixoniyning topshirig‘i bilan mutaxassislardan tarkib topgan ishchi guruhi tuzildi, u Ishkashim tumaniga yuborildi. Aynan o‘sha yerda odamlarning zaharlanishiga nima sabab bo‘lgani aniqlandi.
Hozirgi paytda shifoxonada 19 kishi qolmoqda, ular orasida 8 nafar bola ham bor. Bir bola og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.
Mavzuga oid
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
17:12 / 22.10.2024
Toshkentdagi mehmonxonada uch kishi zaharlanishdan halok bo‘ldi
15:00 / 19.10.2024